Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
Mahalla faollari ishtirokida “Hisobot yig‘ilishi” o‘tkazildi.

 Mahalla faollari ishtirokida
“Hisobot yig‘ilishi” o‘tkazildi.
 

  

Farg‘ona tumani
hududidagi Birdamlik mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari, tuman
Kengashi deputatlari, O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi ishtirokida
“Hisobot yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.
 

Yig‘ilishda
mahalla raisi B. Adxamov tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot
berildi.
 

“12-Avval” saylov
okrugidan saylangan hudud deputati O.Dadajonova so‘zga chiqib, joriy yil
davomida saylovchilar murojaatlari va mahalla xodimlari so‘roviga asosan olib
borilgan deputatlik faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib,
“Bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazishning oldini olishga
qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi” haqida
tushuncha berib, yoshlarga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlikni oldini olish, bolalarni har qanday turli xil yod mafkuralardan asrashda yig‘ilish
ishtirokchilarini mas’uliyatga chaqirdi.
 

Saylovchilarni
sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari, kasalliklarni erta oldini olish bo‘yicha
“Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIZIATM Farg‘ona filiali” shifokorlari
ishtirokida “Inson qadri uchun” g‘oyasi ostida tushuntirish ishlari ham
o‘tkazildi.
 

Yig‘ilish
yakunida O.Dadajonova MFY raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar
yetakchilariga mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirib, mahalla faolaridan
har bir boshlanishi kerak bo‘lgan ishlarda MFY bilan hamkorlikda amalga
oshirish va mahalla nomiga asosan birdam bo‘lishga chaqirdi.
  

Slide 1 of 1