Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🤝 Aholining ijtimoiy himoyasi — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.

📌 O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartiblariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolarini o‘rganish, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish masalalari muhokama qilindi.

💬 Maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va har bir murojaatga e’tibor bilan yondashish.

Slide 1 of 3