Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan liftlarning texnik va ish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida liftlarning foydalanish holati, texnik sozligi, aholiga ko‘rsatayotgan xizmati hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.
Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning liftlardan foydalanish bilan bog‘liq murojaat va takliflariga ham e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, liftlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!