Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏫 Maktab — nafaqat bilim, balki sog‘lom avlod tarbiyasi maskani!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Saidova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Qora qo‘yli mahallasidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining sport infratuzilmasini o‘rgandi.

🔹 sport zallarining mavjudligi va holati;
🔹 sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi;
🔹 mavjud jihozlarning foydalanish uchun yaroqlilik holati;
🔹 maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

⚽️ Sog‘lom tana — sog‘lom avlod!
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish — bugunning muhim vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 5