Toyloq tumani Uzunqishloq mahallasi aholisi tomonidan elektr energiyasi ta’minotining yetarli darajada emasligi, mavjud elektr tarmoqlarining eskirganligi hamda yangi uy-joylar soni ortib borayotgani sababli qo‘shimcha elektr infratuzilmasiga ehtiyoj mavjudligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur murojaatlar o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 2026-yil 10-iyundagi VII-26-67-7-104-K/26-sonli qarori asosida tegishli mablag‘lar ajratildi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan mahallaga 30 dona temir-beton elektr ustuni hamda 1 200 metr “SEP” havo elektr uzatish kabeli xarid qilinib, hududga yetkazib berildi.
Yetkazib berilgan jihozlar belgilangan tartibda qabul qilinib, elektr tarmoqlarini yaxshilash ishlari uchun mas’ul tashkilotlarga topshirildi.