XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
#kunlik_ish_reja
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
07.09.2026-yil
09:00 – 09:30 • Xodimlar ishga o‘z vaqtida kelganligini va belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha xodimlar o‘rtasida kunlik topshiriqlarni rejalashtirish.
• Davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan, xususan "E-Kengash" tizimi orqali Kengash va deputatlarga kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va xodimlar o‘rtasida tegishliligicha taqsimlash.
09:30 – 13:00 Bobur MFYda Kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Temirova bilan birgalikda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlarini joyida o‘rganish.
14:00 – 16:00 Tashkil etilgan ishchi guruh va Kotibiyat bosh mutaxassisi I.Ikromov bilan birgalikda Tashabbusli byudjetning 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalarni joyiga chiqib o‘rganish.(Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Temirova)
16:00 – 17:30 24 talik tavsiyalar asosida olib borilgan ishlarni tahlil qilish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilganligini nazorat qilish. Deputatlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish. (Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi I.Ikromov)
17:30 – 18:00 Kun samaradorligi yakunlarini chiqarish, hafta rejasida ushbu kunda chiqarilishi kerak bo‘lgan ma'lumotlar to‘liq amalga oshirilganini monitoring qilish va ertangi kun rejasini tuzish. (Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Temirova)