Bekobod tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga Sirdaryo bo‘yida bolalar oromgohi hamda yangi sihatgoh barpo etish loyihalari kiritilgan.
Mazkur tashabbus doirasida deputat S.Xidirova Do‘stlik mahallasi mas’ullari bilan birgalikda loyiha uchun ajratilgan hududni o‘rganib chiqdi. 🌱
O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan fikr almashilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Aholi fikrlari asosida loyihani yanada takomillashtirish, hudud uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.
✨ Zero, xalq fikri — taraqqiyotning muhim mezoni.
Bugungi takliflar — ertangi obod maskanlar poydevori!