“Ayollar qadrlanadigan yurt” tadbiri doirasida Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Lyu hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi F.Ahmadjanov Terakzor MFYga tashrif buyurdi.
🌷 Mehmonlar tadbir ishtirokchilarini samimiy tabriklab, uning yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etdilar. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
🔎 Tashrif davomida mahalladagi mavjud muammolar ham o‘rganilib, xususan, eski elektr ustunlarini yangilariga almashtirish, elektr ta’minotini yaxshilash hamda elektr panellarini o‘rnatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
🤝 Mahalla obodligi, aholi farovonligi va xavfsiz muhit — doimiy e’tiborda!