Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi Suhsiroy Xamdamovaaning davolanishga muhtojligi yuzasidan qilgan murojaatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
🔎 O‘rganish yakuniga ko‘ra, S. Xamdamovaning tuman tibbiyot birlashmasida davolanishi uchun belgilangan tartibda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
🌿 Xalq dardi — deputat e’tiborida!