Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat B.Jo‘rayev Oqtepa mahallasida mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli bilan birgalikda xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarni tahlil qildi.
Uchrashuv davomida:
✅ ayollar salomatligini asrash;
✅ oilaviy nizolarni bartaraf etish;
✅ oilaviy ajrimlarning oldini olish;
✅ xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida erishilgan natijalar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘plangan ijobiy tajribalarni ommalashtirish va keng joriy etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yurtimiz taraqqiyoti va mahallalar ravnaqi xotin-qizlarning faolligi, bandligi hamda farovonligini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq.