Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Xo‘jayli tumani "Navro‘z" va "Tutzor" "Nurli jol" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida yashovchi fuqarolar, nuroniylar va yoshlar jamoatchilik vakillari ishtirokida "Mustaqillik to‘yi" festivali yuqori saviyada tashkil etildi.
Festival davomida Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati O.Abdireymov tomonidan mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, erishilgan yutuqlar va bugungi farovon hayotimiz haqida hayotiy misollar asosida mazmunli suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.