35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

♿️ Murojaat e'tiborsiz qolmadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati B.Artiqov, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda kotibiyat mudiri Q.Bobojonov O‘rikzor mahallasidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish jarayonida fuqaro, I guruh nogironi Nishonboy Bozorovning elektron nogironlik aravachasi bilan bog‘liq murojaatini qabul qilgan edi.

Murojaat tegishli mas’ullarga yetkazildi va tuman hokimining nazorati ostida, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan qisqa muddatda ijobiy hal etildi.

✅ Natijada fuqaro yangi elektron nogironlik aravachasi bilan ta’minlandi.

🤝 Inson qadri va fuqarolar murojaatlariga e’tibor — amaliy ishlar bilan namoyon bo‘lmoqda.

Slide 1 of 4