Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova o‘z saylov okrugi "Tinchlik" fuqarolari yig‘inida mahalla yettiligi xodimlari bilan uchrashib ular hamrohligida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazib, murojaatlarini tingladi.

Uchrashuvda mahalla fuqarolari tomonidan o‘rtaga tashlangan, aholi bandligini taʼminlash masalasida ko‘tarilgan muammolarga o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi. Deputat hududda jinoyatchilikni oldini olish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning ushbu daftarlar ro‘yxatidan chiqarish borasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan tadbirlari bilan qiziqdi. O‘zining tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi.

Slide 1 of 3