Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari E. Sarimsoqov, E.Narbekov, S.Ramatjonov, A.Mannobov hamda ayollar va yoshlar qanoti yetakchilari qatnashdilar.
Yigʻilishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Boʻstonliq tumani Kengashining 2024-yildagi amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
2025-yil "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yilida tuman deputatlari, ekopartiya kengashi a’zolari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.