Yangiliklar

Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Tasdiqlangan grafikka asosan 2025-yil 18-yanvar kuni tumanning “Obod” mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-“Ozodbosh” okrugidan saylangan deputat S.Asomov tomonidan fuqarolarning sayyor qabuli o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahallada ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minoti hamda chiqindilarni olib chiqish xizmatidagi kamchiliklar, eskirgan simyog‘ochlarni yangilash va boshqa masalalar bo‘yicha fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilanib, masalalar nazoratga olindi.

Slide 1 of 5