35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
✅ Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, O‘zLiDeP partiyasidan 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Nafis mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, "Yoshlar daftari" bilan ishlash, yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularni hal etish, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, shuningdek, davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar bildirildi.

Slide 1 of 3