35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Deputat nazorati: Qolg‘onsir mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi

7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Shahnoza Azamatovna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanovalar tomonidan belgilangan reja asosida 10-G‘alaba saylov okrugi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bino va hududning umumiy holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, mahsulotlarning yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanadigan taomlarning sifati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanishda belgilangan sanitariya talablari bajarilishi, oshxona jihozlarining holati hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga amaliy takliflar kiritish ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 8