35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
#qonun ijrosi #nazorat

"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-350, 22.04.2013-y.) joylardagi ijrosini ta’minlash va mahalla institutining faoliyat samaradorligini tahlil qilish izchil davom ettirilmoqda.
Shu munosabat bilan, "Zarbuloq" mahalla fuqarolar yig‘inida qonun ustuvorligini va belgilangan vazifalarni o‘rganish maqsadida ishchi guruh tomonidan monitoring o‘tkazildi.

👥 Ishchi guruh tarkibi:
Abdujabbor Djurayev – Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2-okrug deputati;
Zuxra Pulatova – Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 12-okrug deputati;
Muhriddin Begmatov – Shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi.

✍️O‘rganish jarayoni va natijalari:
O‘rganish ishlari qonun talablaridan kelib chiqqan holda, maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida shaffof va tizimli tarzda olib borildi.
Monitoring davomida mahallada aholi muammolarini hal etish va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga mas’ul bo‘lgan "mahalla yettiligi" tizimidan quyidagi vakillarning faoliyati va ish samaradorligi ko‘zdan kechirildi:
📥Mahalla raisi;
📥Hokim yordamchisi;
📥Ijtimoiy xodim;
📥Xotin-qizlar faoli.

Xulosa: O‘rganishlar davomida mas’ul xodimlarning qonunchilikda belgilangan vakolat va majburiyatlari, fuqarolar bilan ishlash tizimi hamda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi. Mahalla institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha deputatlik nazorati davom etadi.

Slide 1 of 8