35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
#nazorat tadbiri

✍️Olmaliq shahar “Chambil” mahallasi hududidan oʻtuvchi atmosfera havosiga noxush hid tarqalayotganligi toʻgʻrisidagi fuqarolarning murojaati deputatlik nazoratiga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati F.Matasimov hamda Olmaliq shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimi boshligʻi A.Aymatovlardan iborat ishchi guruh tuzilib, muammo joyiga chiqqan holda atroflicha oʻrganildi.

🔍Oʻrganish natijasida:
🔹Hududda joylashgan, qizilmiya ildizini qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi "SMOOTH LICORICY" MCHJ xorijiy korxonasi  ish faoliyati davomida hosil boʻladigan qizilmiya ildizi qoldiqlari chiqindi sifatida tashlab yuborilmasdan, ayni paytda "Biogumus" oʻgʻiti tayyorlash uchun maxsus texnikalarga ortib olib ketilmoqda.
🔹Chiqindini utilizatsiya qilishning ushbu ekologik xavfsiz usulida, xomashyoni texnikalarga ortish va tashish jarayonida qisman oʻziga xos hid tarqalishi ehtimoli mavjud.

❌Hozirgi holat: Ishchi guruh tomonidan bevosita korxona hududi va unga tutash mahalla koʻchalari koʻzdan kechirilganda, atmosfera havosida biror-bir badboʻy yoki oʻtkir hid aniqlanmadi.

📍Garchi oʻrganish vaqtida qonunbuzilish holatlari kuzatilmagan boʻlsa-da, deputat va ekologiya boʻlimi masʼullari tomonidan korxona rahbariyati va mutasaddilariga qatʼiy tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3