35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
DEPUTAT TOMONIDAN YANGICHEK MAHALLASIDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI

 DEPUTAT TOMONIDAN YANGICHEK MAHALLASIDA MANZILLI O‘RGANISH O‘TKAZILDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Y.Axmadaliyev hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Yangichek mahalla fuqarolar
yig‘inida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida asosiy
e’tibor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan
masala doirasida “Farg‘ona tozalik sanitar servis” MChJ tuman filiali tomonidan
mahallada olib borilayotgan ishlar holati, mavjud muammolarni aniqlashga
qaratildi.
 

Ma’lumot o‘rnida, Yangichek mahallasida jami 6 ta ko‘cha mavjud
bo‘lib, ushbu o‘rganish doirasida deputat tomonidan Bahor ko‘chasi
qamrab olindi.
 

Jumladan, deputat Bahor ko‘chasi ko‘cha boshi U.Ibragimov bilan
uchrashib, birgalikda ko‘cha muammolarini fuqarolarning taklif va
murojaatlarini o‘rgandi. Muloqotlar davomida eng dolzarb muammo sifatida “toza
hudud sanitar servis” tashkiloti tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida
olib chiqib ketilmayotganligi ko‘tarildi.
 

Shuningdek, mazkur ko‘chada joylashgan 89 ta xonadonning yashash sharoiti,
infratuzilma holati hamda kommunal xizmatlar sifati yuzasidan fikr almashildi.
 

O‘rganish yakunida bildirilgan murojaatlar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga qayd etilib, ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ul
tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi hamda ijrosi
deputatlik nazoratida olib borilishi belgilandi.
  

Slide 1 of 4