35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
ABDULLA QODIRIY MAHALLASIDA AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI VA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

ABDULLA QODIRIY MAHALLASIDA AHOLINING IJTIMOIY MUAMMOLARI VA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "9-Jurjoniy" okrugi deputati, Kengash raisi Ismanov Jafar Xodjimuratovich tashabbusi bilan Abdulla Qodiriy mahallasida mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan navbatdagi o‘rganish olib borildi.

📇 Bugungi kunda mahallada 20 ta ko‘cha, 531 ta xonadon, 1 110 ta oila va 5 300 nafar fuqaro istiqomat qiladi. O‘rganish davomida ijtimoiy xodim bilan suhbatda 30 nafar fuqaro Ijtimoiy reyestrga kiritilgani, shundan 14 nafari davlat ta’minotida ekani ma’lum qilindi.

📁 Shuningdek, Tovallo ko‘chasi 42-uyda yashovchi A.Abdullayev, 1953-yilda tug‘ilgan I guruh nogironi bo‘lib, ko‘p yillardan buyon yotoq holatida ekani, zarur tibbiy xizmatlar ko‘rsatilayotganiga qaramay, Ijtimoiy reyestrga kiritilmagani muammo sifatida ko‘tarildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

🤔 Bundan tashqari, mahalla idorasining kadastr hujjatlari bilan bog‘liq masalasi ham o‘rganilib, uni Kadastrlar palatasi tuman filiali bilan hamkorlikda hal etish belgilandi.

📂 O‘rganish tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarorida belgilangan ijtimoiy himoyaga oid vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

📈 Aniqlangan masalalarni hal etish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3