Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi I.Qalandarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Po‘lat Rahmonov ishtirokida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida bo‘lim zimmasidagi vazifalarning bajarilishi, kelgusidagi ustuvor rejalar, budjet va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish holati hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.