Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z. Esirgapova Uyas mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganib, aholini qiynayotgan mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammo belgilangan tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.
Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.