Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat Qobiljon Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Azimovalar tumandagi 19-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, sinf xonalarining yangi o‘quv yiliga tayyorligi, moddiy-texnik baza, obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarni zamonaviy va xavfsiz muhitda ta’lim olishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🎓 Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — sifatli ta’lim va yorqin kelajakning muhim poydevoridir!