Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Saidova “Qoraqoʻyli” mahallasidagi 31-sonli umumtaʼlim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Oʻrganish davomida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida oʻquvchilarning yozgi taʼtilini mazmunli tashkil etish, ularning boʻsh vaqtini samarali oʻtkazishga qaratilgan tadbirlar va yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi OʻRQ–1123-son “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.
🤝 Yoshlarning bilimli, sogʻlom va barkamol voyaga yetishi yoʻlidagi tizimli ishlar izchil davom etmoqda.