Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov Parchayuz oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur obyekt O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son qarori asosida Parchayuz mahallasidagi 50 qatnovli oilaviy shifokorlik punkti binosini mukammal ta’mirlash loyihasi doirasida rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirishga tayyorlanmoqda.
🔹 O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Zamonaviy va qulay tibbiyot maskanlari – aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishning muhim omilidir.