Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Yoshlarni hayotga tayyorlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi
янв.21
📍 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Aholi murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
📚 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Hududda obodonlashtirish va sanitariya ishlari nazorat qilindi
янв.21
📍 “Og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi — yurtimiz bo‘ylab yuksak shukuh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda!
янв.21
📍 Do‘stlik mahallasida "Dolzarb 90 kun" dasturi ijrosi o‘rganildi
Deputat so‘rovi yuborildi

O‘rganishlar davomida "Marhabo" mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan TPS-835 transformator punkti binosining tom qismidan yog‘ingarchilik vaqtida suv o‘tayotgani aniqlandi. Mazkur holat transformator punktining texnik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, elektr ta’minoti tizimining ishonchli ishlashiga xavf tug‘dirishi hamda kelgusida nosozliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Deputat so‘rovida transformator punkti binosining tom qismini mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirish, zarur ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda amalga oshirish hamda elektr ta’minoti tizimining xavfsiz va uzluksiz faoliyatini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Elektr ta’minoti infratuzilmasining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi