Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📍 Qonun ijrosi deputat nazoratida

💼 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev Bekobod tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

📑 Tashrif davomida qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, soliq organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

✅ Qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2