Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Yoshlarni hayotga tayyorlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi
янв.21
📍 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Aholi murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
📚 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Hududda obodonlashtirish va sanitariya ishlari nazorat qilindi
янв.21
📍 “Og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi — yurtimiz bo‘ylab yuksak shukuh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda!
янв.21
📍 Do‘stlik mahallasida "Dolzarb 90 kun" dasturi ijrosi o‘rganildi
Deputat so‘rovi yuborildi

O‘rganishlar davomida Samarqand shahri Firdavsiy va Gagarin ko‘chalari kesishgan chorrahada o‘rnatilgan svetofor ariq ichida joylashgani aniqlandi. Kuchli yog‘ingarchilik vaqtida mazkur hududda suv to‘planishi svetofor uskunalarining texnik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, elektr jihozlarining xavfsiz ishlashiga xavf tug‘dirishi hamda yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir etishi mumkin.

Deputat so‘rovida mazkur hududni mutaxassislar ishtirokida joyida texnik ko‘rikdan o‘tkazish, svetoforning amaldagi joylashuvi amaldagi me’yoriy talablarga muvofiqligini o‘rganish, zarurat tug‘ilganda uni xavfsiz hududga ko‘chirish hamda yomg‘ir va oqova suvlarni oqizish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, o‘rganish natijalari va qabul qilingan qarorlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi