Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Inson ijtimoiy xizmatlari xodimi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati M.Yarashov tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlari markazi ijtimoiy xodimi M. Qalandarovaning xizmat faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📝 O‘rganish yakunida xizmat faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy xizmatlarning sifati va qamrovini kengaytirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1