📌 Deputatlik so‘rovi amalda – muammo yechim topmoqda!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan Vandob mahallasi Sherjon qishlog‘ida o‘tkazilgan deputatlik nazorati davomida aniqlangan muammolar yuzasidan Sherobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
🛣 Deputatlik so‘rovida:
🔹 25-son umumta’lim maktabiga olib boruvchi ichki yo‘lning ta’mirtalab holati;
🔹 Sherjon qishlog‘i qabristoniga olib boruvchi yo‘lni asfaltlashtirish zarurati ko‘tarilgan.
✅ Deputatlik so‘rovi Sherobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
🚜 Ayni paytda Sherobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘limi tomonidan mazkur yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🤝 Deputatlik nazorati va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik natijasida aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi muammolar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.