Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Yoshlarni hayotga tayyorlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi
янв.21
📍 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Aholi murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
📚 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Hududda obodonlashtirish va sanitariya ishlari nazorat qilindi
янв.21
📍 “Og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi — yurtimiz bo‘ylab yuksak shukuh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda!
янв.21
📍 Do‘stlik mahallasida "Dolzarb 90 kun" dasturi ijrosi o‘rganildi
Saxovat ko‘chasida aholi muammolari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahallasining Saxovat ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilib, hududni yanada obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rgandi.

Uchrashuv jarayonida aholi tomonidan Saxovat ko‘chasida istiqomat qilayotgan bolalar uchun zamonaviy bolalar o‘yin maydonchasini barpo etish zarurligi masalasi ko‘tarildi. Ta’kidlanishicha, hududda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ular uchun xavfsiz dam olish maskanini yaratishga ehtiyoj mavjud.

Deputat tomonidan mazkur murojaat atroflicha o‘rganilib, masalani amaliy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Shuningdek, bolalar sport va dam olish infratuzilmasini rivojlantirish, mahallada qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5