Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Yoshlarni hayotga tayyorlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi
янв.21
📍 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Aholi murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
📚 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Hududda obodonlashtirish va sanitariya ishlari nazorat qilindi
янв.21
📍 Do‘stlik mahallasida "Dolzarb 90 kun" dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi — yurtimiz bo‘ylab yuksak shukuh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda!
янв.21
📍 “Og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi O.Qodirovning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan mahalladagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, oliy ta’limga yo‘naltirish, sport va fan to‘garaklariga keng jalb qilish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda "Yoshlar daftari" bilan ishlash holati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlar masalalarini samarali hal etishda mahalla raisi, ta’lim muassasalari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3