Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#_deputat_faoliyati Har bir fuqaro murojaati doimo e'tiborda
#_deputat_faoliyati
Har bir fuqaro murojaati doimo e'tiborda


Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, "7-Tortuli" saylov okrugidan saylangan deputat M.Ashurov o‘z saylov okrugidagi "Shabnam" mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularning murojaatlarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi, elektr ta'minoti, gaz balonlarni vaqtida to'ldirib kelish, ijtimoiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar ham atroflicha tinglandi.
Deputat har bir murojaatni alohida o‘rganib chiqib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berdi.
Ta'kidlanganidek, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash, muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bunday uchrashuvlar orqali fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda aholi bilan samarali muloqotni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 4