Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI

👥 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Xolmurzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Azimova Bekobod tumani Davlat xizmatlari markazida boʻlib, fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifati va xizmat koʻrsatish jarayonini oʻrgandilar.

🔎 Oʻrganish davomida aholiga qulay, tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish, murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi hamda yaratilgan shart-sharoitlarga alohida eʼtibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va fuqarolarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish yuzasidan masʼullar bilan fikr almashildi.

✅ Bunday oʻrganishlar davlat xizmatlari tizimida ochiqlik, samaradorlik va fuqarolar manfaatlarini taʼminlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5