Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan saylovchilar manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Mazkur deputatlik so‘rovida "G‘alchasoy" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Rudakiy va Munavvar ko‘chalarining ta’mirtalab holati ko‘tarilib, ushbu yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan edi.

Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan rasmiy javobga ko‘ra, murojaat atroflicha o‘rganilib, Rudakiy ko‘chasi 2026-yilgi “Manzilli dastur”ga kiritilganligi hamda ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Ushbu natija deputatlik so‘rovlari orqali fuqarolar murojaatlarini amaliy yechimga yo‘naltirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlarning samarali natijasidir.

Mazkur masalaning ijrosi Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan nazorat qilib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi