Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
📍 Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda 6-Xoʻjaporso saylov okrugi deputati Gʻ. Madumarov tomonidan Xoʻjaporso mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi oʻrganish ishlari amalga oshirildi.

Oʻrganishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ–406-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini taʼminlash doirasida tashkil etildi.

Jarayonda mahallada ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ijtimoiy xodim faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida to‘lash masalalari yuzasidan amaliy holat tahlil qilindi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ–547-son “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunining bugungi kundagi ijrosi ham muhokama qilinib, fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini qonunchilik talablariga muvofiq yig‘ish, saqlash, ulardan foydalanish va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Oʻrganish davomida mavjud holat yuzasidan masʼullar bilan fikr almashilib, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholining murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda belgilangan vazifalarning toʻliq ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi tomonidan Prezidentimiz qarorlari va Senat Kengashi hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, joylarda aholi muammolarini oʻrganish hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻrganishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6