Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
📍 Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2026-yil 12-martdagi VII-20-18-8-109-K/26-sonli qarori ijrosini taʼminlash, ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va sifatli ishlatilishini nazorat qilish maqsadida joylarda oʻrganishlar qizgʻin davom etmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyat mudiri J. Raximqulov tomonidan 3-Gilambob saylov okrugi hududida boʻlib, mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlarni bevosita xonadonbay oʻrgandi.

J. Raximqulov 3-Gilambob saylov okrugi hududidagi "Gilambob" mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turgan hamda koʻmakka muhtoj fuqarolar — Yuldashev Suyun Axmedovich hamda Shernazarov Panji xonadonlariga borib, u yerda olib boriladigan taʼmirlash ishlarining hajmi va tayyorgarlik jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Eslatib oʻtamiz: Mazkur Kengash qaroriga muvofiq, tumandagi I-guruh nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan 10 ta ehtiyojmand oilaning uylarini taʼmirlash hamda energiya samaradorligini oshirish belgilangan. Ushbu maqsadlar uchun "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamgʻarmasidan mablagʻ ajratilgan.
Oʻrganish davomida ushbu xonadonlarda amalga oshiriladigan quyidagi ishlarning rejalari kelishib olindi:
Uylarning devor va tomlarini issiqlik saqlaydigan qilib izolyatsiya qilish;
Energiya tejamkor zamonaviy eshik va derazalar oʻrnatish;
Mutlaqo bepul va muqobil elektr energiyasi beruvchi quyosh panellari yoki geliokollektorlar oʻrnatish.

Xonadon egalari bilan suhbatda ularning fikr va istaklari tinglandi. Kotibiyat mudiri tomonidan qurilish va jihozlash ishlarini sifatli tashkil etish, har bir soʻm mablagʻni oʻz muddatida va manzilli yetkazish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq vakillari va Kengash masʼullari tomonidan okruglardagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Maqsadimiz bitta — tumanimizda inson qadrini ulugʻlash va eng muhtoj oilalarga munosib shukurona hayot kechirishlari uchun sharoit yaratish!

Slide 1 of 6