Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda ijtimoiy xodimning o‘z funksional vazifalari ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari hamda Hukumat hujjatlarida belgilangan topshiriqlarning ijro holati, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilishi, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda boshqa maqsadli ro‘yxatlar bilan ishlash holati batafsil o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mahalla hududidagi ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ko‘cha yoritish tizimi, sanitariya-tozalash, obodonlashtirish ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma'naviy muhitni ta'minlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas'ullarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish davomida har bir yo‘nalish kesimida mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda tahlil qilinib, mas'ul mutasaddilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini mustahkamlash va aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, mahalla "yettiligi" faoliyatining samaradorligini oshirish, sektorlar va tegishli korxona hamda tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, aholi murojaatlarining manzilli yechimini ta'minlash, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan tizimli muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlarning vazifalari hamda deputatlar tomonidan ilgari surilgan takliflar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibida muhokama qilish uchun tegishli tartibda kiritilishi belgilandi. Shuningdek, ushbu masalalar yuzasidan berilgan topshiriqlarning ijrosi ustidan doimiy deputatlik nazorati o‘rnatilishi qayd etildi.

Slide 1 of 5