Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Yoshlarni hayotga tayyorlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi
янв.21
📍 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Aholi murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
📚 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Hududda obodonlashtirish va sanitariya ishlari nazorat qilindi
янв.21
📍 Do‘stlik mahallasida "Dolzarb 90 kun" dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi — yurtimiz bo‘ylab yuksak shukuh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda!
янв.21
📍 “Og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F. Axmeov tomonidan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida inspeksiya tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Inspeksiya mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda joriy yilda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, yashil hududlarni muhofaza qilish, daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari bo‘yicha 400 dan ziyod reydlar o‘tkazilib 367 ta ekologik huquqbuzarliklar aniqlanganligi va ishlar sudlarga oshirilganligi va tabiatga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplanganligi ma’lum qilindi.

🔺Monitoring jarayonida aholidan 200 dan ortiq murojaatlar kelib tushganligi va qayd etilgan ekologik muammolar mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik hal etilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shu bilan birga, inspeksiya faoliyatida hujjatlarni yuritish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ekologik qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirish ishlarini yanada faollashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4