Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Yoshlarni hayotga tayyorlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi
янв.21
📍 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Aholi murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
📚 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Hududda obodonlashtirish va sanitariya ishlari nazorat qilindi
янв.21
📍 “Og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi — yurtimiz bo‘ylab yuksak shukuh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda!
янв.21
📍 Do‘stlik mahallasida "Dolzarb 90 kun" dasturi ijrosi o‘rganildi
“ALISHER NAVOIY” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D. Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov hamda  doimiy komissiya a'zolari ishtirokida Kengash deputati M.Sidiqova saylov okrugiga qarashli shahardagi “Alisher Navoiy” mahallasida navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning davlat organlari va mas’ul tashkilotlar tomonidan ijro etilish holati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.

Shuningdek, amaldagi qonunchilikning hududlarda qo‘llanilishi, qabul qilingan qarorlarning amaliy natijadorligi hamda aholi manfaatlariga ta’siri yuzasidan atroflicha o‘rganishlar olib borildi.

Tadbir davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilinib, bu boradagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish, qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlarni kuchaytirish Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 4