Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📍 Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev tomonidan Beshyuz mahallasidagi savdo do‘konlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi hamda narx-navosi o‘rganildi.

Monitoring jarayonida iste’mol bozori holati, aholiga zarur mahsulotlarning mavjudligi va ularning narxlari tahlil qilinib, tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Shuningdek, aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Xalq manfaatlarini himoya qilish, bozorlarda barqarorlikni ta’minlash va aholining turmush farovonligini oshirish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4