Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Payshanba — Yoshlar kuni doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D.Rahmatullayeva tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari, ta’lim, bandlik, zamonaviy kasblarni egallash hamda kelajak rejalari haqida suhbat olib borildi.

Yoshlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni birgalikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarni ilm-fan, IT, xorijiy tillar, sport va kitobxonlikka keng jalb etish yuzasidan muhim fikrlar bildirildi.

Yoshlar — jamiyatning eng katta kuchi va kelajak bunyodkorlaridir!

Slide 1 of 3