Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Kengash_faoliyati

🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

#24_ta_masala

✅Bandixon tumanida aholi bilan bevosita muloqot qilish, "mahalla-bay" ishlash tizimining samaradorligini oshirish hamda xalq vakillarining joylardagi nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati E.Jurayev tumandagi “Navro'z” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi ish faoliyati va erishilayotgan natijalarini o‘rgandi.

✅Ushbu o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

✅Tahlil markazida bo‘lgan muhim yo‘nalishlar:

✅Mahalla raisi bilan: Hududda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, mahallaning ijtimoiy-ma’naviy muhiti va "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi;

✅Xotin-qizlar faoli bilan: Mahalladagi xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga manzilli yordam ko‘rsatish ahvoli ko‘rib chiqildi.

✅Deputat E.Jurayev tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla faollari ish samaradorligini yanada oshirish hamda aholi muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Bizning maqsadimiz — har bir mahallada qonun ustuvorligi va xalq roziligini ta’minlash!

Slide 1 of 3