Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Deputat o‘rganuvi: ijara yerlaridan samarali foydalanish – e’tibor markazida
янв.21
💧 Aholi murojaati – amaliy yechim sari muhim qadam
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi — muloqot va imkoniyatlar maydoni
янв.21
Mahalla infratuzilmasi – deputat e’tiborida
янв.21
🌟 Yoshlar bilan ishlash samaradorligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
📍 Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
📍 Hududlar obodligi — e’tibor markazida
янв.21
📍 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar murojaati — amaliy e’tiborda
янв.21
📚🌿 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — kelajak sari muhim qadam
Vasila Alimova yoshlar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova yoshlar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

🏛 Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari hamda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga tashrif buyurdi.

📁 Tashrif davomida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan markaz faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ijtimoiy moslashuv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗣 Uchrashuv davomida har bir bolaning qalbiga yo‘l topish, ularni jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladigan, mustaqil fikrlovchi va ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash eng ustuvor vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mehr va e’tibor, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar hayotida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

📚 Suhbatlar jarayonida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Ota-onalar tomonidan farzandlar tarbiyasi, psixologik yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid savollar o‘rtaga tashlanib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Tadbir davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya jarayonida sog‘lom muhit yaratish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Bunday uchrashuvlar yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, oilalar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda jamiyatda mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat muhitini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6