Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 5-Quruvchi saylov okrugi deputati A.Isaqulov tashabbusi bilan “Yoshlar oyligi” davlat dasturi ijrosini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Samarqand mahallasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada mahalla yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir davomida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5