Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🍃 Farzandlar kamoloti – e’tibor markazida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova “O‘rikzor” mahallasida bo‘lib, “Zukko bolajon” xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayoni, bolalarning mazmunli va xavfsiz ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv xonalari hamda o‘yin maydonchalari ko‘zdan kechirildi.

Kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlar va olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🌱 Yosh avlodga qaratilgan har bir e’tibor – kelajakka qilingan investitsiyadir!

Slide 1 of 3