Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌟 Yoshlar bilan ishlash samaradorligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
💧 Aholi murojaati – amaliy yechim sari muhim qadam
янв.21
📍 Deputat o‘rganuvi: ijara yerlaridan samarali foydalanish – e’tibor markazida
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi — muloqot va imkoniyatlar maydoni
янв.21
Mahalla infratuzilmasi – deputat e’tiborida
янв.21
📍 Hududlar obodligi — e’tibor markazida
янв.21
📚🌿 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — kelajak sari muhim qadam
янв.21
📍 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
📍 Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
🏛📚 Ta’lim sifati — doimiy e’tiborda
DEPUTATLAR MTT REKONSTRUKSIYASI BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZDI

 DEPUTATLAR MTT REKONSTRUKSIYASI BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov, M.Sayfidinov,
B.Abduraximov, B.Sharipov hamda Sh.Joʻrayevlar tarkibida Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–393-son qarori ijrosini
taʼminlash doirasida Yangichek mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 52-son
maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari
oʻrganildi. 

Mazkur obyekt “EFFEKT ELEGANT” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlib, yangi bino
260 oʻringa moʻljallangan. Loyiha qiymati 4 milliard 485 million 411 ming
soʻmni tashkil etadi. 

Oʻrganish jarayonida deputatlar tomonidan qurilish-montaj ishlarining sifati,
foydalanilayotgan qurilish materiallarining standartlarga mosligi, belgilangan
muddatlarga rioya etilishi, loyiha hujjatlariga toʻliq amal qilinishi hamda
obyektda mehnat xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya
etilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, qurilish ishlarining borishi,
ishchi kuchi taʼminoti va texnik vositalardan samarali foydalanish holati ham
joyida koʻzdan kechirildi. 

Oʻrganish yakunida pudratchi tashkilot vakillariga qurilish ishlarini jadallashtirish,
sifat koʻrsatkichlarini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida
bartaraf etish hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish
yuzasidan tavsiya va koʻrsatmalar berildi.  

Slide 1 of 5