Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏫 Kelajak sari muhim qadam: Xonoboddagi zamonaviy bog‘cha faoliyati bilan tanishildi

📍Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh. To‘raqulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Xonobod mahallasi hududida zamonaviy tarzda qurib bitkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar.

Tashrif davomida muassasada yaratilgan sharoitlar, bolajonlar uchun tashkil etilgan zamonaviy ta’lim va tarbiya muhiti, qulay infratuzilma hamda kelajak avlod kamoloti yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🌱 Kelajak poydevori — sifatli ta’lim va baxtli bolalikdan boshlanadi!

Slide 1 of 5