Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari “Nurafshon – Piskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” yo‘nalishidagi yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i qurilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdilar.
Mazkur yirik loyiha hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada mustahkamlash, aholiga qulaylik yaratish hamda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
📍 Loyiha doirasida:
🔹 4 ta temiryo‘l bekati
🔹 21 ta yo‘l o‘tkazgich
🔹 6 ta ko‘prik
🔹 1 ta nim tortish stansiyasi barpo etiladi.
Yangi temir yo‘l — yangi imkoniyatlar, yangi rivojlanish sari muhim qadam!